O‘zbekiston bilan Osiyo kubogi finalida o‘ynashni xohlagandim – Ruslan Yatimov
Sport
−
14 fevral 2024
7569Tojikiston terma jamoasi va “Istiqlol” klubi darvozaboni Ruslan Yatimov 2024 yilgi Osiyo kubogi finaliga chiqish va O‘zbekiston terma jamoasi bilan hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelish istagida ekanligini tan oldi. Bu haqda posbon “Championat” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz finalda O‘zbekiston bilan o‘ynamoqchi edik. Afsuski, har ikki jamoa ham Osiyo kubogidagi o‘yinlarini chorak finalda yakunladi”, deydi Yatimov .
Qayd etish joiz, Tojikiston terma jamoasi Osiyo kubogining 1/4 finaliga yo‘l oldi va turnirning finalchisi Iordaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1). O‘zbekiston terma jamoasi esa qit’a chempionatining chorak finalida yakunda Osiyo kubogi g‘olibiga aylangan mezbon Qatar bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida yutqazdi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Yatimov 2019 yildan buyon mamlakat terma jamoasi darvozasini qo‘riqlab keladi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, posbonning qiymati 900 ming yevroni tashkil etadi.
LiveBarchasi