O‘zbekiston ayollar jamoasi Avstraliyaga yirik hisobda yutqazdi
Sport
−
24 fevral 2024 10634 1 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun Avstraliyaga qarshi bahs olib borib, 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bahsning 1-bo‘limida Midori Honda shogirdlari raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdi, biroq 2-taymda “yashil qit’a” vakilllari tashabbusni to‘liq o‘z tomoniga olib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Avstraliyaliklardan gollarga Heyman, Favler va Ford mualliflik qildi.
O‘zbekiston-Avstraliya o‘rtasidagi javob o‘yini 28 fevral kuni “kengrular” yurtida bo‘lib o‘tadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoa Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritadi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr