O‘zbekiston avtomobil bozoriga yangi avtokonsernlarning kirib kelishidan manfaatdormiz – “O‘zavtosanoat”

Biznes

image

“O‘zavtosanoat” AJ konstruktiv muloqot o‘rnatish tarafdori bo‘lib, O‘zbekistonda ekologik toza transportlar ulushini ko‘paytirish, bozorni yanada erkinlashtirish, qolaversa, mamlakat avtomobil bozoriga yangi avtokonsernlarning kirib kelishidan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda korxona o‘z rasmiy saytida ma’lum qilgan.

“Bu, albatta, ichki bozorda avtomobillarning raqobatbardoshligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va avtomobil ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini rag‘batlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi”, degan “O‘zavtosanoat”.

Qayd etilishicha, avtomobillarga bo‘lgan talabni 6 yil avvalgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Buning natijasida mahalliy bozor aynan raqobatbardosh avtomobil brendlari uchun yanada jozibador bo‘lib bormoqda.

“O‘zavtosanoat” doimiy ravishda mavjud xalqaro brendlarni o‘rganib bormoqda va dunyodagi avtomobilsozlik sohasining yetakchilari bilan hamkorlik va kooperatsion munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi imkoniyatlarni izlamoqda. Qolaversa, O‘zbekistonda zamonaviy hamda ekologik jihatdan dolzarb bo‘lgan avtoparklar sonini ko‘paytirishga qiziqish bildirmoqda”, deyilgan korxona xabarida.

Qayd etilishicha, joriy yilning may oyida “O‘zavtosanoat” AJ “BYD Company Ltd.” hamkorligida O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “BYD Uzbekistan Factory” zavodining qurilishi boshlangan.

Shu bilan birga, joriy yilda O‘zbekistonga olib kelingan 5 400 dan ortiq elektromobillarning 3 255 donasi ham aynan “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zavtosanoat BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing