Yangilangan BYD SONG PLUS DM-i UzPride O‘zbekistonda: yangi texnologiyalar va qulaylik
Biznes
−
17:55 1378 3 daqiqa
BYD kompaniyasi mahalliy bozorlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda yangi texnologiyalar va ilg‘or yechimlarni joriy etib, o‘z avtomobillarini izchil takomillashtirib bormoqda. 2026 yilda BYD SONG PLUS DM-i UzPride O‘zbekiston bozori uchun tashqi dizayn, salon jihozlari va intellektual texnologiyalarni qamrab olgan bir qator muhim yangilanishlarga ega bo‘ldi. Modelning amalda sinalgan afzalliklarini yanada rivojlantirgan, yangilangan model yuqori texnologik imkoniyatlar, funksionallik, qulaylik va xavfsizlikni taklif etadi.
Yoritiladigan yangi BYD logotipi avtomobilning tashqi qiyofasini yanada ifodali qildi. Yoritish tizimi yoqilganda va transmissiya selektori P (to‘xtab turish) holatiga o‘tkazilganda logotip qizil rangda yonib, avtomobilning o‘ziga xosligini ta’minlaydi va qorong‘i paytda uning ko‘rinuvchanligini oshiradi.
Yangilangan 19 dyuymli yengil qotishmali g‘ildirak disklari modelning o‘ziga xos brend uslubini saqlagan holda avtomobilga yanada dinamik va zamonaviy ko‘rinish baxsh etadi.
.png)
O‘zbekistondagi xaridorlarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda, yangilangan BYD SONG PLUS DM-i UzPride endi nafis dizaynni kundalik foydalanishdagi amaliylik bilan uyg‘unlashtiruvchi to‘liq qora rangdagi salon bezagi bilan taklif etiladi. Raqamli ko‘rsatkichlar paneli ham yangilangan foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lib, avtomobil haqidagi asosiy ma’lumotlarni yanada qulay va tushunarli tarzda olish imkonini beradi hamda boshqaruv qulayligini oshiradi.
Sovuq ob-havo sharoitidagi qulaylik ham oshirildi. Isitiladigan rul g‘ildiragi uni iliq va qulay ushlash imkonini beradi. Oyna tozalagichlarni muzlashdan himoya qiluvchi tizim ularning muzlab qolishining oldini oladi va sovuq havoda old oynada samarali tozalashga yordam beradi.
Yangilangan model avtomobildan foydalanish qulayligini oshiruvchi kengaytirilgan intellektual imkoniyatlar to‘plamiga ham ega bo‘ldi. NFC Key va Bluetooth Key texnologiyalari smartfondan raqamli kalit sifatida foydalanib, avtomobilni an’anaviy kalitsiz ochish va ishga tushirish imkonini beradi.
.png)
Adaptiv kruiz-nazorat (ACC) va avtomobilni harakatlanish bo‘lagida ushlab turish tizimini (LKA) birlashtirgan intellektual kruiz-nazorat (ICC) oldinda harakatlanayotgan transport vositasigacha xavfsiz masofani saqlash, avtomobilni o‘z harakatlanish bo‘lagida ushlab turish va uzoq safarlarda haydovchining charchashini kamaytirishga yordam beradi.
Yana bir muhim yangilanish – barcha komplektatsiyalarning standart jihozlari tarkibiga kiritilgan 50 Vt quvvatli simsiz quvvatlash qurilmasidir. Avvalgi 15 Vt quvvatli simsiz quvvatlash qurilmasiga nisbatan yangi tizim kundalik safarlar vaqtida smartfonni quvvatlash muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.
(Simsiz quvvatlashning amaldagi quvvati smartfon modeli va uning qurilmaga mosligiga qarab farq qilishi mumkin. Barcha qurilmalar ham 50 Vt quvvatda quvvatlashni qo‘llab-quvvatlamaydi.)
150KM Flagship komplektatsiyasi qo‘shimcha ravishda avtomatik yomg‘ir sezgichi bilan jihozlangan. U yog‘ingarchilikning jadalligiga qarab oyna tozalagichlarni ishga tushiradi va ularning ishlash tezligini sozlaydi, shu orqali avtomobilni boshqarish xavfsizligi va qulayligini oshiradi.
Maxsus taklif doirasida yangilangan BYD SONG PLUS DM-i UzPride xaridorlariga jozibador moliyalashtirish shartlari taqdim etiladi. Ular kamida 25 foiz dastlabki to‘lov bilan 30 oygacha muddatga foizsiz (0 foiz) bo‘lib to‘lashni, shuningdek, hamkor banklar – OFB va Ipoteka Bank OTP Group orqali 60 oygacha muddatga moliyalashtirish dasturlarini o‘z ichiga oladi. Bu xaridorlarga o‘z moliyaviy ehtiyojlariga eng mos moliyalashtirish usulini tanlash imkonini beradi.
Yangilangan BYD SONG PLUS DM-i BYD kompaniyasining o‘z mahsulotlarini xaridorlarning talab-istaklari va mahalliy bozor ehtiyojlarini inobatga olgan holda izchil takomillashtirishga bo‘lgan qat’iy intilishini aks ettiradi. Zamonaviy dizayn, intellektual texnologiyalar, yanada yuqori darajadagi qulaylik va kundalik foydalanish uchun amaliy imkoniyatlarni uyg‘unlashtirgan yangi model BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi xaridorlar uchun harakatlanish sohasida ilg‘or yechimlar yaratishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
BYD O‘zbekistondagi kontaktlari:
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Sayt: bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Telegram: t.me/bydautouz
Live
Barchasi