O‘zbekiston Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
14:57 3172 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-uchrashuvini o‘tkazdi. Nodir Eliboyev shogirdlariga bu turda Avstraliya terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda dastlab Jiden Harb sakkizinchi va to‘qqizinchi daqiqalarda gol urib, Avstraliyani hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 9-daqiqada Anasxon Rahmatov, 11-daqiqada esa Ixtiyor Ropiyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirdi.
Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, 19-daqiqada Ilhom Hamroyev kiritgan gol O‘zbekiston terma jamoasiga tanaffusga hisobda oldinda chiqish imkonini berdi.
Ikkinchi bo‘limning 38-daqiqasida Muzaffar Ahadjonov uchrashuvdagi yakuniy golga mualliflik qildi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 4:2 hisobida Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Nodir Eliboyev shogirdlari Osiyo kubogi “C” guruhi da 4 ochko to‘plagan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichidagi so‘ngi uchrashuvida O‘zbekiston Yaponiya terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv joriy yilning 1 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi