O‘zbekiston-Avstraliya o‘yinini yaponiyalik hakamlar boshqaradi

Sport

image

Joriy yilning 23 yanvar kunida Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining 3-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni yaponiyalik Araki Yusuke boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi.

Yusukega qanotlarda hamyurtlari Mihara Jun va Takagi Takumi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa xitoylik Ma Ning ishlaydi.

Bahsda O‘zbekiston ko‘k, Avstraliya esa sariq rangli liboslarda harakatlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi posboni qora rangli libosda maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Avstraliya o‘yini 16:30 da start oladi. Bahsda “Al-Janub” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Avstraliya Araki Yusuke

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing