O‘zbekiston aviaqatnovlarni imkon qadar tez tiklash tarafdori – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston aviaqatnovlarni imkon qadar tez tiklash tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston barcha sanitariya talablariga rioya etgan holda o‘zaro aviaqatnovlarni imkon qadar tez fursatda qayta yo‘lga qo‘yish tarafdoridir. Bu ishbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvlarini tiklashga xizmat qiladi”, deya ta’kidlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda transport yo‘laklari raqobatbardoshligini oshirish, texnik reglament va standartlarni uyg‘unlashtirish, o‘zaro kelishilgan tarif siyosatini amalga oshirish va preferensiyalarni o‘zaro taqdim etish transport sohasidagi muhim vazifalar sifatida belgilangan.

Xabarga ko‘ra, MDH mamlakatlarining Hamdo‘stlik davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbari mehnat migrantlari hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish vaqti kelganini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing