O‘zbekiston armiyasi askarlarining necha foizi emlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
13 avgust 2021
5078O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining deyarli 100 foizi koronavirusga qarshi emlab bo‘lingan. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlandi, shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi bo‘lmagan harbiy qism va muassasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o‘zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yo‘lga qo‘yilgan.
LiveBarchasi