O‘zbekiston armiyasi jang sharoitlariga mos bo‘lishi kerak – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – mamlakat Qurolli kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda so‘z ochdi. 

“Mintaqaviy va global vaziyatni doimiy tahlil qilib borish, milliy armiyamizning salohiyatini mustahkamlash – bugungi kun talabi. O‘zbekiston armiyasi xalq himoyasiga doimo tayyor turishi, buning uchun tezkor, yuqori texnologiyali, yangi jang sharoitlariga mos bo‘lishi kerak”, deydi Prezident.

Shu sababli, yig‘ilishda qo‘shinlarni sun’iy intellekt asosidagi robotlashgan majmualar va uchuvchisiz tizimlar, yengil harbiy texnika, zamonaviy qurol-aslaha, razvedka vositalari bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Prezident mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, soha korxonalarida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerakligini qayd etgan.

Mutasaddilarga shaxsga doir ma’lumotlar va raqamli tizimlar himoyasini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing