Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

O‘zbekiston Amerikadan 38 ta razvedkachi dron sotib oladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston FMS (The Foreign Military Sales - AQSH harbiy savdosi dasturi)  doirasida Amerikada ishlab chiqarilgan 38 ta RQ-20B Puma 3 AE kichik razvedkachi dronlarini sotib oladi. Bu haqda Britaniyaning “Shephard Media” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchuvchisiz uchish apparatlari O‘zbekistonga joriy yilning 30 noyabriga qadar  Amerikaning mudofaa pudratchisi AeroVironment tomonidan yetkaziladi. “Shephard Media” ma’lumotlariga ko‘ra, bitimning umumiy summasi 8,54 million dollarni, bitta qurilmaning narxi esa 225 ming dollarni tashkil qiladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston belgilangan narxda 38 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olishi kerak. 

Ma’lumot o‘rnida, Puma 3 AE quruqlik yoki dengiz ustida razvedka qilish uchun mo‘ljallangan va real vaqtda tasvir ma’lumotlarini taqdim etadi. Dronlar  ikkita 15 megapikselli kameralar bilan jihozlangan, ular 50 karra kattalashtirish (zoom) va orqa yorug‘likka ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

dron

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing