Xitoy suvosti dronlari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Texnologiya
−
09:42 278 2 daqiqa
Xitoy guruh tarkibida bir vaqtning o‘zida ishlaydigan avtonom suvosti dronlari soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Sinovga yuzdan ortiq apparat jalb etildi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.
“Bir vaqtning o‘zida ishlaydigan avtonom suvosti apparatlarining eng ko‘p soni” kategoriyasidagi Ginness rekordini Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti jamoasi dengiz uskunalari va apparatlari yetkazib beruvchi Xi'an Tianhe Maritime Technologies kompaniyasi bilan birgalikda o‘rnatgan.
Sinov uzunligi 50 metr va kengligi 20 metr bo‘lgan havzada Ginness rekordlar kitobi vakillari nazorati ostida o‘tkazilgan. Ular natijani sertifikatlab, o‘z saytlarida e’lon qilgan.

Ishda 116 ta TH-618 avtonom suvosti apparatidan iborat guruh ishtirok etgan. Ular ketma-ket joylashtirilgan va belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish uchun real vaqt rejimidagi ma’lumotlarga tayangan holda, 500 metr masofada 34 daqiqa davomida inson aralashuvisiz safda avtonom suv osti navigatsiyasini amalga oshirgan.
Apparatlarning maksimal harakat masofasi 30 kilometrni tashkil etadi va ular sakkiz soatdan ortiq vaqt davomida uzluksiz ishlashi mumkin, deb aniqlik kiritgan ishlab chiquvchilar. Qurilmalar navigatsiya uchun kameradan foydalanadi va belgilangan yo‘nalishdan chetlashishlarga tuzatishlar kiritgan holda moslashishga qodir.
“O‘nlab yoki hatto yuzlab suvosti apparatlarining muhitda to‘liq avtonom, uzoq muddatli va barqaror muvofiqlashtirilgan navigatsiyaga erishishini ta’minlash hamisha suvosti intellektual uskunalari sohasidagi jahon miqyosidagi asosiy vazifa bo‘lib kelgan”, deb bayonot berdi universitet.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy dengiz platformasiga o‘rnatilgan maxsus to‘r orqali raketa tezlatkichini qaytarib olish bo‘yicha tajribaviy tizimni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan edi.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr