O‘zbekiston AQSHga eksport hajmini oshiradi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019
3367Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqovning AQSH savdo vaziri U.Ross bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida o‘zbek delegatsiyasi tomonidan o‘zaro savdoni rivojlantirish borasida O‘zbekistonning AQSHga amalga oshirayotgan eksport xajmini 60 ta turdagi mahsulotlar nomenklaturasi hisobiga 1,5 milliard dollarga oshirish bo‘yicha taklifi amerika tomoni tarafidan ijobiy qarshi olinib, o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.
Eksportbop mahsulotlar hajmlari aks ettirilgan ro‘yxat AQSH savdo vazirligining rahbariyatiga keyinchalik savdo bitimlari va shartnomalar ustida ishlash maqsadida topshirildi.
Amerikalik hamkasabalar taklif etilgan mahsulotlarga nisbatan Amerika bozoridagi ehtiyojni chuqur o‘rganishga va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini Amerika bozoriga olib chiqishiga ko‘maklashishga tayer ekanini bildirdi.
Shuningdek uchrashuv doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini oshirish uchun davlatlararo aloqalarni tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan vazirlar darajasida "C5+1" formatidagi platforma tashkil etish taklifi bayon etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga AQSH tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida muxokama qilindi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro savdoni jadallashtirish va masalalarni tezkorlik bilan hal etishga qaratilgan doimiy birgalikdagi faoliyatni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va AQSH savdo vazirligining yuqori darajali ekspertlaridan iborat idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
LiveBarchasi