O‘zbekiston AQSHdan dronlar sotib olishi rostmi? Mudofaa vazirligi izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston AQSHdan razvedkachi uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olishni rejalashtirmagan. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati rasmiy Toshkent amerika dronlariga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga javoban shunday munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston qurol-yarog‘ va harbiy texnika xalqaro bozorini doimiy ravishda kuzatib boradi. Dunyoda robot tizimlari rivojlanayotgan bir paytda uchuvchisiz uchish apparatlarining kuzatilib borilishi ham bundan mustasno emas.

Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari bu borada yetakchilardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma’lum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar “Puma – RQ-20” uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko‘tarilmagan.

Shu munosabat bilan jurnalist va blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillaridan ijtimoiy va boshqa ommaviy axborot vositalarida aniq tasdiqlangan ma’lumotlarni yoritishlarini so‘raymiz”, deyiladi vazirlik rasmiy munosabatida.

Avvalroq, O‘zbekiston FMS (The Foreign Military Sales - AQSH harbiy savdosi dasturi)  doirasida 8,5 mln dollarga Amerikada ishlab chiqarilgan 38 ta RQ-20B Puma 3 AE kichik razvedkachi dronlarini sotib olishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

298

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing