O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 yanvar kuni O‘zbekiston janubdagi qo‘shnisi Afg‘onistonga nosozlik tufayli to‘xtatilgan elektr energiyasini yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot kotibi Elmira Bekmurodova QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Avariya oqibatlari bartaraf etilgandan so‘ng, O‘zbekiston yana Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘liq tikladi”, dedi vazirlik mas’uli.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘ida yirik avariya yuz bergani sabab O‘zbekiston  Afg‘onistonga elektr yetkazib berishni to‘xtatdi. 

Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy mutaxassislar Qobulni Turkmaniston tomonidan yetkazib beriladigan energiya bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘lgan.

“Konets sveta”

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.

Qozog‘iston tomoni keyinroq ta’minot tiklangach, uzilish Sirdaryo IES sabab yuz berganini e’lon qildi. Ammo bunga O‘zbekiston tomoni munosabat bildirmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing