O‘zbekiston Afg‘onistondagi diplomatlarini evakuatsiya qildimi? TIV javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi elchixonasi va Mozori-Sharifdagi konsulxonasi odatiy tartibda ishini davom ettirmoqda. Bu haqda TIV vakili QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Biz bog‘langan vazirlik vakilining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Qobuldagi elchixonasi va Mozori-Sharifdagi konsulxonasi odatiy rejimda ishlamoqda. Xodimlar evakuatsiya qilinmagan.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi diplomatik korpui evakuatsiya qilinadimi, degan savolga TIV vakili bu borada ma’lumotga ega emasligini aytib, javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, bugun tunda bir guruh afg‘on harbiylari O‘zbekistonga qochib o‘tdi. Hozirda O‘zbekiston tomonida afg‘on qochqinlarini ortga qaytarish bo‘yicha Afg‘onistonning amaldagi hukumati va “Tolibon” vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston hukumati "Tolibon" hujumlari ortidan nazoratni yo‘qotdi. Harakat poytaxt Qobuldan boshqa barcha yirik shaharlarni egallab oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

745

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing