O‘zbekiston Afg‘onistonda Hayit munosabati bilan o‘t ochish to‘xtatilganini olqishladi
Jamiyat
−
12 may 2021
3966O‘zbekiston muqaddas Ramazon Hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflat tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat’iy sodiqligini yana bir bor bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” harakati yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayit bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kun o‘q uzishni to‘xtatish haqida e’lon qilgandi.
LiveBarchasi