O‘zbekiston aholisining necha foizi mehnatga layoqatli?
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
58382021 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining 57,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
1 oktyabr holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi:
- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 31,1 foiz;
- mehnatga layoqatli yoshdagilar – 57,8 foiz;
- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 11,1 foiz.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35 mln 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.