O‘zbekiston aholisining qanchasi internetdan foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 27 milliondan oshgan, shundan 25 milliondan ko‘pi mobil internet foydalanuvchilari. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan.

Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilgan.

95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.

Bugungi kunda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

internet

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing