O‘zbekiston aholisini JSST tavsiya qilmagan vaksinalar bilan emlamoqchi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadigan sana aytildi north_east

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlanadigan sana aytildi

O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlashda AstraZeneca, “Sputnik V” va ZF-UZ-VAC 2001 (ZF-2001) vaksinalaridan foydalanadi. Bu ma’lumotni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov QALAMPIR.UZ’da bo‘lib o‘tgan Korona marafoni jonli muloqotida aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasida aholimizni emlash uchun 3 ta turdagi vaksina, ya’ni AstraZeneca, “Sputnik V” va ZF-UZ-VAC 2001 foydalanish rejalashtirilgan”, deya ta’kidladi Botir Qurbonov.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tish kerakki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Nurmat Otabek O‘zbekiston aholini emlashda faqatgina Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda qo‘llash uchun tavsiya qilingan vaksinalardan foydalanishini aytib o‘tgandi.

“O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaksinalardan foydalanadi”, degandi Otabekov.

Ammo yuqorida aytilgan vaksinalardan faqatgina bittasi AstraZeneca JSST tomonidan favqulodda qo‘llash uchun tavsiya qilingan. Qolgan ikki vaksina esa hozircha JSSt tasdig‘idan o‘tmagan.

“Sputnik V” vaksinasi shu kunlar ichida JSST tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutilyapti. Chunki vaksina bilan Rossiyada millionlab odammlar emlangani, uning salbiy oqibatlari kamligi aytilib, murojaat qilingan. JSSTning ushbu vaksinadan favqulodda foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmasi e’lon qilinadi”, deya bu masalaga ham izoh bergan mutaxassis.

Botir Qurbonov ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasiga ham to‘xtalib, O‘zbekistonning o‘zida  7 mingga yaqin odamda sinovdan o‘tkazilgan preparat hozirgacha o‘lim va boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelmaganini ta’kidladi. Shuningdek, u rekombinat vaksina ekani hamda mahalliy olimlar tomonidan ham o‘rganilganini hisobga olib, aholini emlashda foydalinilishini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

526

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing