O‘zbekiston aholisida qancha avtomobil borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.

So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:

•    2015 yilda – 2 109 185 ta; 
•    2016 yilda – 2 191 231 ta; 
•    2017 yilda – 2 273 419 ta; 
•    2018 yilda – 2 440 276 ta; 
•    2019 yilda – 2 580 133 ta; 
•    2020 yilda – 2 955 295 ta.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra 100 ta uy xo‘jaligiga  o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

959

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing