O‘zbekiston aholisi odatiy hayotga yangi ilova bilan qaytadi
Texnologiya
−
28 aprel 2020
15284O‘zbekiston aholisi odatiy hayotga qaytgandan so‘ng kasallik qayta avj olmasligi uchun yangi ilova ishlab chiqildi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova AOKA shtabidagi brifingda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat odatiy hayotga qaytgandan keyin virus qayta avj olmasligini oldini oladigan ilova yaratilgan. “Birga Yengamiz“ nomli ilova yaqinda muloqotda bo‘lgan insonlar haqida ma’lumot yig‘ib boradi. Bu esa qaysidir odamda virus aniqlansa, u bilan muloqotda bo‘lgan kishilarni tezkor karantinga olinishiga yordam beradi. Shu bilan virusni qayta tarqalishi oldi olinadi.
“Vazirlik tashabbusi bilan “Project Managers” korxonasining yosh dasturchilari kasalligi aniqlangan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash jarayonni avtomatlashtirish maqsadida “Birga Yengamiz“ nomli mobil ilova yaratdi“, deydi Nazokat Abduqunduzova.
Ma’lum qilinishicha, mazkur mobil ilova Androidva iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Ilovaning asosiy vazifasi — bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayyan vaqt aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlash va zarur xollarda ularni karantinga joylab virusni yanada keng tarqalishining oldini olishdir.
Oksford universitetining olimlarining ta’kidlashicha, aholining kamida 60 foizi mazkur ilovalardan foydalansagina, u samara beradi. Hozirda mazkur ilovani “PlayMarket” va “AppStore” platformalarida joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi