O‘zbekiston aholisi kuniga qanchaga ko‘payayotgani aytildi
Jamiyat
−
15 iyul 2022
12206Joriy yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35 603 443 kishini tashkil etmoqda. Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,9 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 55,3 ming kishiga ko‘paygan. 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelyapti. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021 yil 1 iyul holatiga 1 kv.km.ga 77,6 kishi).
Aholining 18 mln 117 ming kishi shahar joylarda, 17 mln 486,4 ming kishi qishloq joylarda yashaydi.
LiveBarchasi