O‘zbekiston 6 oyda Xitoyga qancha gaz sotgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Xitoyga gaz sotish orqali olgan daromadini 2,2 baravarga oshirib, 404 mln dollarga yetkazdi. Bu haqda TASS Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib, xabar berdi.

Joriy yilning olti oyida Xitoyga quvur orqali eng ko‘p gazni Turkmaniston yetkazib bergan, olti oyda jami 4,51 mlrd dollarlik gaz eksport qilingan. Ikkinchi o‘rindan Rossiya (1,65 mlrd dollarlik), keyin Myanma (616 mln dollar), Qozog‘iston (531mln dollar) va O‘zbekiston 404 mln dollar) joy olgan.

Shuningdek, Xitoy o‘tgan olti oyda bir necha milliard dollarlik siqilgan tabiiy gaz (STG) ham import qilgan. Eng ko‘p STGni Xitoyga Avstraliya sotgan – 7,73 mlrd dollarga 11,15 mln tonna STG. Keyingi eng yirik ta’minotchilar Qatar – 5,02 mlrd dollarga 7,64 mln tonna STG va Malayziya – 3,56 mlrd dollarga 3,93 mln tonna SPG bo‘lgan. To‘rtinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Olti oyda Xitoy qo‘shnisidan 2,15 mlrd dollarga 2,35 mln tonna STG sotib olgan. Rossiya Federatsiyasidan keyin Indoneziya (1,65 milliard dollarga 2,06 million tonna) turibdi. AQSH Papua-Yangi Gvineyadan keyin yettinchi o‘rinni (1 mlrd dollarga 917 ming tonna) band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing