O‘zbekiston 5 mamlakatda yangi Bosh konsulxonalar ochadi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyida Rossiyaning 5 ta, Qozog‘iston, Chexiya, Kanada va Koreyaning bittadan shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalari ochiladi. Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida so‘z boradi.

Bosh konsulxonalar Rossiya Federatsiyasining Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida ochilishi rejalashtirilmoqda. 

Taraqqiyat strategiyasining 94-maqsadiga muvofiq, kelgusida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytiradi. 

Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQSHning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan Bosh konsulxonalari xodimlari soni oshiriladi. 

Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligi kiritiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh konsulxona Taraqqiyot strategiyasi

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing