O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempion bo‘ldi

Sport

image

Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, Olimpiada chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu Olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining so‘nggi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Niderlandiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Yagona g‘alaba Jahongir Vohidovga tegishli bo‘ldi. Jahongir Vohidov Maks Varmerdam bilan kechgan partiyada O‘zbekistonga uzoq kutilgan chempionlikni olib keldi.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafi himoya qilgan yana bir shaxmatchi – Nodirbek Yoqubboyev Yorden van Forest bilan kechgan partiyada murosa ko‘chasini tanladi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nodirbek Abdusattorov raqibi Anish Kumar Giri bilan murosa ko‘chasini tanlashdi. Shuningdek, Javohir Sindorov Bok Benjaming bilan uchrashuvda durrangga imzo chekdi.

O‘zbekiston Niderlandiya termasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, 1992 yil Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston vakillari kumush medallarni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat

Baholaganlar

828

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing