O‘zbekiston Hukumati “Gazprom” bilan yana bir hujjatni imzoladi
Olam
−
01 noyabr 2023
8191Rossiyaning “Gazprom” ochiq aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida energetika kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. Bu haqda “Gazprom” saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi doirasida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
“Uchrashuvda Aleksey Miller va Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti va tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida”, deyiladi xabarda.
Tomonlar oktyabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start bergan edi.