O‘zbekiston Hukumati 2021 yilgacha lotin yozuvidagi alifboga o‘tmoqchi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) uch oy muddatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida ishchi guruhini tashkil qilsin va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishi belgilandi.

Shuningdek, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

a) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:

•    2025 yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida amaldagi maktabgacha ta’lim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030 yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

•    2030 yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;

•    oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgacha esa 140 taga yetkazish;

b) davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish sohasida:

•    lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish;

•    2020 yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish;

•    teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030 yilgacha 100 foizga yetkazish;


Maqola muallifi

Teglar

alifbo

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing