O‘zbekiston hududiga salkam 45 kg giyohvandlik moddasini olib kirgan afg‘onistonliklar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarolari - 1984 yilda tug‘ilgan O.Q. va 1997 yilda tug‘ilgan A.M. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA nashri xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ular 35 kg 345 gr opiy, 5 kg 21 gr gashish hamda 4 kg 51 gr geroin - jami 44 kg 417 gr miqdordagi giyohvand moddani mamlakatimiz hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223, 273 va 246-moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Giyohvandlik

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing