O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
12 dekabr 2021
11856Andijon viloyatida bugun, 12 dekabr kuni soat 03:30 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilgan.
Ta’kidlanishicha epimarkaz Jalaquduq tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,68 gradus shimoliy kenglik; 72,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 5 kilometr. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 289 kilometr janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
• Xo‘jaobod tumanida 4 ball, 5 kilometr;
• Jalaquduq tumanida 4 ball, 8 kilometr;
• Buloqboshi tumanida 3 ball, 12 kilometr;
• Andijon tumanida 3 ball, 17 kilometr;
• Andijon shahrida 2-3 ball, 22 kilometr;
• Qo‘rgontepa tumanida 2 ball, 27 kilometr;
• Asaka tumanida 2 ball, 29 kilometr;
• Marhamat tumanida 2 ball, 29 kilometr.
LiveBarchasi