O‘zbekiston hududida AQSH harbiy bazalari joylashganmi?

Jamiyat

image

Ayni vaqtda dunyo nigohi Eron va AQsh munosabatlariga qaratilgan. Eron raketa otib, po‘pisa qilgani, Tramp esa biz urushmaymiz degani bilan hammasi tugagani yo‘q. Vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. 

Bu orada esa 2019 yilning iyun oylarida xorijlik faol siyosatchilar tomonidan jahon axborot manbalarida e’lon qilingan AQSHning Eronning yondosh mamlakat hududlarida joylashtirilishi rejalashtirilgan harbiy bazalar xaritasi trenda chiqdi. 

AQSHning harbiy bazalari joylashtirilgan, deya tarqatilayotgan xaritalarda O‘zbekistonning Chirchiq va Xonobod hududlari ham ko‘rsatilgan.

Unda AQSHning harbiy bazasida O‘zbekiston hududida ham mavjudligini ko‘rish mumkin. O‘zA mazkur ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga murojaat qilgan. 

Mudofaa vazirligi kun tartibiga chiqayotgan savollar javoban O‘zbekiston hududida nafaqat AQSHning, hattoki boshqa biror xorijiy davlatlarining harbiy bazalari joylashtirilmaganini ma’lum qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi AQSh harbiy bazasi

Baholaganlar

900

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing