O‘zbekiston hududida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirildimi?
Jamiyat
−
18 mart
50432Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida afg‘on harbiy vertolyoti urib tushirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bunga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz. Asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, bundan ikki yil oldin ham ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonning ushbu mamlakat bilan chegaradosh Termiz shahridagi mudofaa ob’ektlariga ISHID terroristik guruhi raketa hujumi uyushtirgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda ham O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatning TIV vakili Abdul Qahor Balxi bayonot bilan chiqib, ushbu xabarlar yolg‘on ekanini bildirgandi.
LiveBarchasi