O‘zbekiston – Hindiston o‘rtasida 10 dan ortiq sheriklik hujjatlari imzolandi
Jamiyat
−
15:30 509 2 daqiqa
Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekiston – Hindiston sherikligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilishicha, oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.
.jpg)
Ular savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.
(2).jpg)
Jumladan:
- Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan madaniy almashinuvlar dasturi;
- Ayurveda va an’anaviy tibbiyotning boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Fayoztepa va Qoratepa hududlarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risida bayonnoma;
- Iqtisodiy va moliyaviy muloqot to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- 2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;
- Geologiya va mineral resurslar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Arxiv ishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar instituti o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Samarqand viloyati va Gujarat shtati o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvaloq O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri bugun, 30 avgust kuni o‘tkazilgan tor va keng doiradagi muzokaralarda o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga kelishib olgandi. Kelishuv doirasida Hindiston bilan savdo aylanmasi 2030 yilgacha 5 mlrd dollarga yetkazilishi reja qilingan.
Live
Barchasi