O‘zbekiston Hindiston bilan harbiy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi  

Olam

image

Hindistonning Uttarakxand shtati Badlani qishlog‘ida joylashgan 438-motoo‘qchilar polkida fevral oyining o‘rtalaridan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Do‘stlik” o‘zbek-hind davlatlarining to‘rtinchi qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat harbiy xizmatchilari qo‘lbola usullarda portlatish, signal beruvchi vositalarni turli joylarga o‘rnatish, tog‘ tayyorgarligi mashg‘ulotidan skalodromda me’yorlarni bajarish, qoyalarga har xil usullarda tushish va chiqish, sun’iy tog‘ to‘siqli yo‘lagidan o‘tish, qo‘l jangi elementlarini qo‘llash, o‘rmonzor va tog‘li joylarda hamda yopiq inshootlarda o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazishni amalda ko‘rsatib bergan.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda mahalliy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan o‘qotar qurollar va tibbiy tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun Hindistonda ishlab chiqarilgan o‘quv trenajyorlari, shuningdek, Hindiston armiyasi tomonidan foydalaniladigan kvadrokopterlar, tungi va kunduzi ko‘rish moslamalari, masofa o‘lchagichlar namoyish etilgan.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida bosqinchini qurolsizlantirishga o‘rgatilgan itlar va uchish vaqtida dronlarni urib tushirishga o‘rgatilgan burgutlar ham namoyish etilgan. 

Ta’kidlash joizki, Hindiston harbiylari havo kuzatuvi uchun qushlardan ham foydalanadi. O‘rgatilgan lochinning boshiga kichik videokamera o‘rnatiladi va tasvir monitorga uzatiladi.

Shuningdek, “Do‘stlik” o‘zbek-hind harbiy mashg‘ulotlari davomida “Chaqmoq” operatsiyasi ham o‘tkazilgan. Unda ikki davlat harbiy xizmatchilari kechasi, o‘ta yomon ko‘rish sharoitida “terrorchilar” lageriga hujum uyushtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Hindiston harbiy o'quv mashg'uloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing