“O‘zbekiston havo yo‘llari” rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi
Jamiyat
−
08 avgust 2019
9198Misrning "Nile Air" loukosteri "Sharm-el-sheyx –Toshkent – Sharm-el-sheyx" yo‘nalishida reyslarni amalga oshirish uchun slotlarga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Misr aviakompaniyasiga slotlar ajratishga rozi bo‘ldi. "Nile Air" vakili "Sharm-el-sheyx –Toshkent – Sharm-el-sheyx" yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirish uchun slotlar olishga ko‘mak berishni so‘rab murojaat yo‘llagan.
30 iyul kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi unga Transport vazirligida "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK vakillari bilan uchrashish imkoniyatini yaratib berdi. O‘zaro muloqotda "Nile Air"ga mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun reyslarga slot taqdim etish masalasi muhokama qilindi.
Yakunda slot berish ma’qullandi. "Nile Air" o‘z parvozlarini 21 avgustdan boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, slot bu samolyotlarni belgilangan muddatda qo‘nish yoki jo‘nab ketishi uchun aeroport tomonidan ajratilgan vaqt hisoblanadi.
LiveBarchasi