“O‘zbekiston havo yo‘llari” rahbari lavozimidan olinishi mumkin
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
9092Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida” qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra Transport vazirligining 6 nafar rahbarlari ishdan bo‘shatilib, vazifasni bajaruvchi etib qayta tayinlandi.
Ta’kidlanishicha, Transport sohasidagi o‘zgarishlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Uzbekistan Airways” AJlar rahbarlariga ham ta’sir qildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Uzbekistan Airways” AJlar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:
Xusniddin Nuriddinovich Хасиловни “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash;
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi