O‘zbekiston Havo kodeksi ІSAO talablariga moslashtiriladi
Jamiyat
−
29 Oktabr 1911 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ІSAO) talablariga moslashtiriladi. Shuningdek, yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 27 oktyabr kuni qabul qilingan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, farmon O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasini tizimli isloh qilish, aviatsiya xizmatlari sifatini oshirish, parvozlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya sohasini texnik jihatdan tartibga solish, raqobatni rivojlantirish va aviatashuvlar bozorini liberallashtirish, shuningdek, aviatsiya sohasida davlat siyosati ustuvorligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Farmonga ko‘ra, 2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilangan:
- fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasida ІSAO’ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan talablari bajarilishini o‘rtacha 85 foizga yetkazish;
- havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;
- xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
- O‘zbekiston Respublikasi rezident kemalari parkini 180 taga yetkazish;
- Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilish ishlarining 1-bosqichini amalga oshirish.
Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
- bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
- bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining havodagi harakatni boshqarish takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
- ikki oy muddatda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarini tayyorlash o‘quv yurtini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi;
- ikki oy muddatda “Aviatsiya sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini jamlash va taqsimlash bo‘yicha nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
- uch oy muddatda fuqaro aviatsiyasi qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar ruyxatini takomillashtirish javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
- 2026 yil 1 oktyabrga qadar ІSAO talablaridan kelib chiqqan holda hamda xorijiy tajriba asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi loyihasi.
Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zaviatsiya” agentligini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi.
2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr