Havo kodeksiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Qonun bilan Havo kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish ko‘zda tutilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 7 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida” 864-XII-sonli qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksida bayon etilgan aviatsiya ma’muriyatining vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi zimmasiga yuklatilsin;”.

44-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ekspluatant sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (hozir Ekspluatant sertifikati Aviatsiya ma’muriyati) tomonidan  belgilanadi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.”.

49-moddaning birinchi qismi ikkinchi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarini sertifikatlash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasining Aviatsiya ma’muriyati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan o‘rnatiladi.”.

67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Havo kemalarining aholi punktlari ustidagi parvozi, havo kemasida nosozlik ro‘y berganida, yerdagi odamlarga yoki  mol-mulkka xavf solmasdan, xavfsiz qo‘nishga imkon beradigan balandlikda amalga oshiriladi, uchish
yoki qo‘nishga zarurat bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Bunday parvozlarni amalga oshirish qoidalari samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boshqaruviva nazorati organlari tomonidan o‘rnatiladi.”.

96 va 97-moddalar chiqarib tashlanadi.

98-modda quyidagi tahrirdagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Yo‘lovchini havo transportida tashish shartnomasi bekor qilinganda tashish haqi qaytarilmasligi to‘g‘risidagi shartni nazarda tutuvchi yo‘lovchini havo transportida tashish shartnomasida bagaj yoki qo‘l yukini bepul tashish me’yori belgilanmasligi mumkin. Bagaj yoki qo‘l yukini bepul tashish me’yori tashuvchi tomonidan belgilanadi va bu kabi tashish shartnomasini tuzish vaqtida yo‘lovchi tomonidan tanlanishi mumkin bo‘ladi.”.

102-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tashuvchi yo‘lovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yo‘lovchiga tashuvchi tomonidan belgilangan me’yor doirasida bagaj (bagaj tashish me’yori nazarda tutilgan yo‘lovchini havo transportida tashish bo‘yicha tegishli shartnoma tuzilgan taqdirda) va qo‘l yukini tekin o‘zi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek
yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan ro‘y bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan ta’minlanish huquqi beriladi.”.

104-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan tashish haqining hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.

Yo‘lovchini havo transportida tashish shartnomasi bekor qilinganda tashish haqi qaytarilmasligi to‘g‘risidagi shartni nazarda tutuvchi yo‘lovchini havo transportida tashish shartnomasi yo‘lovchi bilan tuzilgan bo‘lsa, yo‘lovchini tashish uchun to‘langan tashish haqi, shu jumladan tashuvchi tomonidan belgilangan yig‘imlar qaytarilmaydi.”.

Loyiha muhokamasi davom etyapti. Unga o‘zgartirish kiritilishi yoki rad qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Havo kodeksi

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing