Shavkat Mirziyoyev fuqaro aviatsiyasi sohasini tanqid qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 28 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Unda fuqaro aviatsiyasi sohasi tanqid qilindi. Milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti.

Shuningdek, o‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmadi. Bu holat yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga, boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois Jahon bankining tavsiyalari asosida sohada olib borilayotgan islohotlarni to‘liq yakuniga yetkazish va raqobat muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilandi.

Yangi aviakompaniyalar faoliyati uchun sharoit yaratish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev fuqaro aviatsiyasi

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing