O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqarida harbiy harakatlarda qatnashmaydi – Mudofaa vazirligi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari, mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda qatnashmaydi. O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatchilarni yollash boshlangani haqidagi tarqalgan yolg‘on ma’lumotlarning haqiqiy asosi yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida (154-1-moddasida) harbiy xizmatga qabul qilish, chaqirish, xorijiy davlatlarning xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya yoki boshqa shunga o‘xshash organlarida xizmat qilish nazarda tutilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekistonning harbiy xizmatchilari ham mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda qatnashmaydi. O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga chaqiruv boshlangani haqidagi keng tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar haqiqiy asosga ega emas”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi harbiy xizmat

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing