O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilyaptimi yoki qizlar?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 203 670 nafar chaqaloq tug‘ilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar: 

•    O‘g‘il bolalar soni – 104 777 nafar;

•    Qiz bolalar soni – 98 893 nafar.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan – 24 265 nafar. Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – 5 422 nafar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi choragida 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.


Maqola muallifi

Teglar

statistika

Baholaganlar

2072

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing