“Uzbekistan. Safe travel guaranteed” brendi ishlab chiqildi. Xorijiy turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turizm va davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar berilgan edi. Taqdimot davomida Prezident mamlakatning ichki va tashqi turizmini pandemiya vaqtida qayta tiklash rejalari bilan tanishdi.

Xususan, “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab chiqildi.

Davlat rahbariga ushbu loyiha taqdimot qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda ichki turizmni tiklash va rivojlantirish borasidagi rejalar bilan tanishildi.

Prezident birinchi bosqichda “yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini ta’kidladi. Tog‘li joylar va ko‘l bo‘ylarida yengil konstruksiyali dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Hokimlar bilan birgalikda ko‘chma dam olish maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylashtiriladi.

Ikkinchi bosqichda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar ro‘yxatini shakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash kerakligi ta’kidlandi.

“Turizm faoliyatini qayta tiklash uchun, eng avvalo, mehmonxonalar qanday ishlaydi, turistlar aeroportda qanday qabul qilinadi, ularning mamlakat ichida harakatlanishi qanday tashkil etiladi, degan savollarga aniq javob bo‘lishi kerak. Belgilanadigan me’yorlar sodda, lekin kasallikning oldini olish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Misol uchun, bitta holat aniqlansa, butun mehmonxonani karantinga olishga zarurat bo‘lmaydigan tizim ishlab chiqish zarur“, deydi Shavkat Mirziyoyev.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Turizm Shavkat Mirziyoev.

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing