Uzbekistan Airways sentyabrgacha xalqaro parvozlarni bekor qildi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi sentyabrgacha barcha xalqaro parvozlarni va ba’zi mahalliy reyslarni bekor qildi. 

“Parvozlar amalga oshiriladigan mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy markazlaridagi epidemiologik cheklovlarni hisobga olgan holda xalqaro va mahalliy qatnovlar jadvaliga ozgartirishlar kiritildi, deyiladi kompaniya xabarida.

Aviakompaniyaning veb-sayti orqali yoki Uzbekistan Airways Sales (ilgari HABA) filialining kassasida kompaniyaning 2020 yil avgust oyidagi bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilarga to‘lov shakliga muvofiq pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki 2020 yil 1 sentyabridan boshlab rejalashtirilgan qatnovlarga bir martalik qayta bronlash imkoniyati taqdim etiladi. 

Uzbekistan Airways AJning xorijdagi sotuvlar ofisida yoki aviakompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi aviatashuvlar sotuvi bo‘yicha agentlaridan aviachiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar, pul mablag‘larini vaucher shaklida olish yoki uchish sanasini 1 sentyabrdan boshlab rejalashtirilgan reyslarga qayta bronlash uchun aviachipta sotib olingan joyga murojaat qilishlari kerak.

“Bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalar sanasini boshqa sanaga qayta bronlash yo‘lovchilar tomonidan qo‘shimcha to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga e’tibor berishingizni so‘raymiz.

Aviakompaniya Call-markaziga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar kelib tushayotganligi sababli, xizmatni kutish vaqti sezilarli darajada oshdi. Shu munosabat bilan, yo‘lovchilardan qatnovlar bekor qilinishi bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlar bilan Call-markazga murojaat qilmasliklarini iltimos qilamiz”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

691

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing