“Uzbekistan Airways” Rossiyaning qator shaharlariga parvozlarni bekor qildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida “Uzbekistan Airways” AJ Rostov va Krasnodarga parvozlarni bekor qildi. Bu haqda kompaniyaning Telegram-kanalida xabar berildi. 
  
Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi munosabati bilan aviakompaniya quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qilgan:   
  
•    HY -9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yo‘nalishida – 25,  27 fevral va 2 mart kunlari;   

•    HY -9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 27 fevral va 1 mart kunlari;     

•    HY -3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 2 mart kuni.    

“Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar”, deyiladi “Uzbekistan Airways” AJ xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” AJ bugun, 24 fevral kuni Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan Kiyevga parvozlarni bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

796

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing