Uzbekistan Airways pandemiya vaqtida yo‘lovchi tashish qoidasiga o‘zgartirish kiritdi

Jamiyat

image

Uzbekistan Airways bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklamoqda. Ammo hozirgidek pandemiya sharoitida xalqaro parvozlarni alohida tayyorgarlik va qoidalarsiz tiklash epidemiologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.

Shu sababli COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways servis xizmatlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Xususan, barcha ekipaj a’zolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruv va harorat o‘lchovlaridan o‘tadi. Butun parvoz davomida ular tibbiy niqob va himoya qo‘lqoplarida bo‘lishadi.

Har bir reysdan so‘ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, yuza va ashyolarga ishlov beriladi. Samolyotning yo‘lovchilar bo‘linmasida havo ventilyatsiyasi yuqoridan pastga aylanadi. Bu esa boshqa qatordagi yo‘lovchilardan kimdir aksa urganda havo tomchilari boshqa yo‘lovchilarning nafas yo‘llariga tushmasligini ta’minlaydi.

Yo‘lovchilarning niqobda bo‘lishlari esa kichik zarrachalar tarqalishining oldini oladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari virus  va bakteriyalarning 99,97 foizini  ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi.  

Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iton o‘rtasida muntazam avia qatnov tiklangani haqida xabar bergan edik. Uzoq tanaffusdan keyin Olma-otadan uchgan ilk samolyot Toshkentga qo‘ndi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

694

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing