“Uzbekistan Airways” Nur-Sultonga parvozlarni tiklaydi
Jamiyat
−
04 dekabr 2020
3438“Uzbekistan Airways” kompaniyasi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga doimiy qatnovlarni tiklamoqda va Olma-ota shahriga qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 8 dekabridan boshlab Olma-otaga qo‘shimcha reys qo‘yiladi, parvoz seshanba kunlari quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
• Toshkent – Olmaota: uchish soat 15:20 da, qo‘nish soat 17:50 da
• Olmaota – Toshkent: uchish soat 18:50 da, qo‘nish soat 19:30 da.
Nur-Sultonga reyslar 10, 15, 22 va 29 dekabr kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
• Toshkent – Nur-Sulton: uchish soat 13:00 da, qo‘nish soat 16:00 da;
• Nur-Sulton – Toshkent: uchish soat 17:00 da, qo‘nish soat 18:00 da.
LiveBarchasi