Uzbekistan Airways’ning ikkita reysi Urganchga qo‘na olmadi
Jamiyat
−
30 dekabr 2025 5274 1 daqiqa
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Urganchga yo‘nalgan ikkita yo‘lovchi reysi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Buxoro shahridagi muqobil aeroportga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Xususan, Moskva shahridan (Vnukovo — VKO) Urganchga (UGC) yo‘nalgan HY9616 reysi Airbus A320-251NEO havo kemasi orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, Sankt-Peterburgdan (LED) Urganchga (UGC) hamda Airbusga HY9638 reysi bilan amalga oshirilgan.
Xabarlarga ko‘ra, ekipajlar parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Buxoro xalqaro aeroportini (BHK) muqobil qo‘nish maskani sifatida tanlashga qaror qilgan.
Urganch xalqaro aeroportida kuzatilgan murakkab ob-havo sharoiti — tumanning keskin kuchayishi va ko‘rinish masofasining 100 metrgacha pasayishi ushbu qarorga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda yo‘lovchilarga keyingi parvozlar bo‘yicha zarur xizmatlar ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Centrum-Air” xususiy aviakompaniyasi bir o‘ringa ikki chipta sotganligi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi