“Uzbekistan Airways” BAA shaharlariga ketayotganlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yil 26 fevraldan boshlab, Birlashgan Arab Amirliklariga kirayotgan yo‘lovchilar uchta amaldagi hujjatdan birini taqdim etishlari kerak. Bu haqda “Uzbekistan Airways” ogohlantirish bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari shaharlariga kirish qoidalari o‘zgargan. 26 fevraldan boshlab yo‘lovchilar mamlakatga kirish uchun uchta amaldagi hujjatdan birini taqdim etishlari kerak: 

JSST yoki BAA tomonidan tasdiqlangan emlanganlik (2 doza) to‘g‘risidagi sertifikat; 

COVID-19 testining manfiy natijasi (amal qilish muddati 48 soat);

yo‘lovchining 1 oy ichida COVID-19  dan tuzalib ketganini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma (sog‘aygan sanasi va BAAga kelgan sanasi).  

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sertifikat/hujjatlar ingliz yoki arab tillarida chop etilishi va QR-kodiga ega bo‘lishi kerak. 

Yuqoridagi talablar bajarilmagan holda, yo‘lovchilar havo kemasi sahniga qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

628

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing