“Uzbekistan Airways” AJga chiptalar savdosiga doir senator so‘rovi yuborildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhanov “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. Ilhom Mahkamovga senator so‘rovi yubordi.

Senat Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘rovda aholiga chiptalarni sotishda ortiqcha va sun’iy to‘siqlardan, sansalorlikdan xalos qilish, shuningdek, aviachiptalar savdosidagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalasi ko‘tarilgan.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga aviachiptalar sotib olish bo‘yicha belgilangan talablarni soddalashtirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritish choralarini ko‘rish va natijasi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

senator Uzbekistan Airways

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing