“Uzbekistan Airways” Hindiston va Turkiyaga ayrim reyslarni bekor qildi

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi may oxirigacha Istanbul va Dehliga bo‘lgan qator qatnovlarni bekor qildi.

Bekor qilingan reyslar ro‘yxati:

HY 271/272, Toshkent - Istanbul - Toshkent (faqat 2021 yil 26 va 31 may kunlari);
HY 273/274, Toshkent - Istanbul - Toshkent (18 - 31 maygacha faqat haftaning seshanba, payshanba va juma kunlaridagi reyslar);
HY 275/276, Samarqand - Istanbul - Samarqand (17 - 31 maygacha);
HY 277/278, Farg‘ona - Istanbul – Farg‘ona (19 - 31 maygacha;
HY 279/280, Urganch - Istanbul – Urganch (faqat 23 - 30 maygacha);
HY 421/422, Toshkent - Dehli - Toshkent (faqat 14, 21 va 28 may kunlari);

Eslatib ztamiz, Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi.

Shuningdek, Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxona sharoitida karantinda bo‘lishlari yuzasidan tilxat to‘ldirishi majburiy etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing