“Uzbekistan Airports” aeroportlarni ochishga tayyorlanmoqda

Jamiyat

image

Dunyoda koronavirus pandemiyasi ta’siri kamayib, mamlakatlar birin-ketin o‘z chegaralarini ochishni boshlagan vaqtda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati ham O‘zbekiston aeroportlari faoliyatini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazmoqda. 

Jamiyat, xususan 20dan ziyod xorijiy aviakompaniya vakillari hamda “O‘zaviatsiya” agentligi ishtirokida o‘tgan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir va boshqa avaikompaniya vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning o‘zaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilingan. 

Uchrashuvda “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Ravshan Ismoilov hamda xorijiy aviakompaniya vakillari so‘zga chiqib, parvozlarni qayta tiklashga har jihatdan tayor ekanliklarini bildirishdi, deb xabar qilmoqda “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmati. 

Ma’lumot uchun, 4 iyundan boshlab Avstriya o‘ziga qo‘shni bo‘lgan 7 davlat bilan chegaralarini ochgan edi. Italiya va Ispaniya ham biroz oldin o‘z chegaralarini sayyohlar uchun ochishini ma’lum qilgan edi. Latviya, Litva va Estoniya esa 1 oy oldin o‘zaro chegaralarini ochiq deb e’lon qilgan, 1 iyundan boshlab esa – yana 24ta Yevropa davlatlari fuqarolari kirib-chiqishiga ruxsat bergan edi. Boltiqbo‘yi davlatlariga kirish cheklovlari faqat Belgiya, Britaniya, Shvetsiya va Portugaliya fuqarolari uchun saqlab qolingan.

Turkiya esa kecha, 11 iyun kuni mamlakatga kirib-chiqish uchun o‘rnatilgan cheklovlarni yumshatdi. Turkiyaliklar va xorijiy fuqarolarga mamlakatga kirib chiqishga ruxsat berildi. Faqatgina quruqlik orqali Eron bilan chegara orqali kirishga bo‘lgan taqiq saqlab qolindi. Havo qatnovlari Sog‘liqni saqlash, Tashqi ishlar va Transport vazirliklari tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston ham havo orqali qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berish arafasida turibdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilk parvozlar Turkiyaga amalga oshirilishi haqida ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm Uzbekistan Airports

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing